Lokomotivda sodir bo'lgan yong'in yuzasidan sharh

Qator ommaviy axborot vositalarida Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog'idagi temir yo'l kesishmasida lokomotivning mashinist kabinasidagi yong'in videosi tarqalmoqda.

Mazkur holat bo'yicha shuni izoh qilamizki, bugun, 25.01.2020, tahminan soat 14:20larda VL-60 2157 elektr-manyovr lokomotivining faqat ikkinchi mashinist kabinasida yong'in sodir bo'ldi. Yong'inning dastlabki sababi isitish tizimidagi mavjud bo'lgan qisqa tutashuvidir. Yuqori kuchlanishli kamera (машинный отсек)ga yong'in o'tmagan. O't o'chirish bo'linmalarining tezkor harakati bilan yo'ng'in tez fursatda bartaraf etildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI