Zokirjon Almatov: Yoshlar mamlakatimiz poydevoridir!

Toshkent temir yo'l muhandislari instituti majlislar zalida Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov hamda O'zbekiston xalq artisti, mashhur aktiyor Yodgor Sa'diev bilan talaba yoshlar o'rtasida  uchrashuv bo'lib o'tdi.

Institut rektori Ma'rufjon Rasulov so'zga chiqib, barchani samimiy qutladi va tadbir mehmonlari bilan yig'ilganlarni tanishtirdi. Talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni yod g'oyalardan asrash, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, qonun ustuvorligini ta'minlash va bugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ahloqi, diniy va dunyoviy qarashlari  kabi dolzarb muammo va masalalarga aniqlik kiritish maqsadida so'z, general-polkovnik Zokirjon Almatovga berildi. 

Muloqot davomida hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati hamda  ta'lim-tarbiyasi bo'yicha  ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-harakatlarni tizimli ravishda yo'lga qo'yish kabi muhim masalalarda  general-polkovnik Zokirjon Almatovning tavsiyalari tinglandi.

– Har qanday yurtning mustahkam poydevori bo'lsa, u necha yuzming asrlarga tenglashadi, – dedi Zokirjon Almatov. – Bu mustahkam poydevor – siz ya'ni unib-o'sib kelayotgan kelajak avlod yoshlari hisoblanasiz. Prezidentimiz SH.Mirziyoev ham bevosita yoshlar bilan uchrashuvi vaqtida “davlatni, davlat bo'lib shakllanishida avallo yoshlarni olib borayotgan siyosatiga qarab baho beriladi” deya ishonch bildirgan edi. Bildirilgan yuksak ishonchni oqlagan holda  har biringiz ota-onangiz, yurtingiz taqdirini  ko'z oldingizga keltirgan holda doimo yaxshi o'qib, izlanib, o'z iqtidorinigizni nomoyon etgan holda O'zbekiston kelajagini yaratishda munosib hissa qo'shasiz degan umiddaman. Bu ulkan vazifa siz yoshlar qo'lidadir.

General-polkovnik Zokirjon Almatov suhbati davomida yoshlar o'rtasida ichkilikbozlik va tamaki mahsulotlariga ruju qo'yish, xavfli jinoyatlar, yot g'oya va madaniyat kabi o'nlab dolzarb masalalarni o'zining uzoq yillik faoliyati davomidagi tajribalari asosida sharhlab berdi. Shuningdek, ochiq va oshkora ruhda o'tkazilgan muloqotda mamlakatimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e'tibor qaratilayotganligi, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, ongu shuurini yuksaltirish, bandligini ta'minlash, iqtidorini  yanada rivojlantirish, axborot hurujlari va yod g'oyalardan himoyalash kabi masalalarda ham qimmatli fikrlar bildirildi.

Tadbirning badiiy qismida mashhur aktiyor Yodgor Sa'dievning o'zbek sa'ati va boy ma'naviy merosimiz haqidagi mulohazalari va u tomonidan ijro etilgan jozibali kuy-qo'shiqlari o'zgacha fayz bag'ishladi. 
 
Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar oshkora muhokama etilib, yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob berildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI