Koronavirusidan ogoh bo'ling!

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining faollar zalida ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida paydo bo'lgan va tarqalayotgan koronavirusning yangi turi va u bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan targ'ibot-tashviqot tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Sog'liqni saqlash xizmatining bosh epidemiologi R.Seynyants, Markaziy temir yo'l poliklinikasi oliy toifali ishlab chiqarish shifokori Y.Malkova va yuqumli kasalliklar shifokori Ch.Otakulova, hamda Jamiyatning boshqarma rahbarlari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab Y.Malkova so'zga chiqib, hozirgi kunda jahon hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida Xitoy Xalq Respublikasida keng tarqalgan koronavirusning yangi turi haqidagi ma'lumotlar uning kelib chiqishi, ommalashib borayotganligi, umumiy belgilari, yuqish yo'li, oqibati, davolash choralari hamda kasallikning oldini olish qoidalaridan biri – shaxsiy gigienaga qat'iy amal qilish to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi. 

Ma'ruzachilarning ta'kidlashicha, koronavirusli infektsiyasi yuqqanda avvalo to'rt kundan keyin namoyon bo'lishi, inson tana haroratining keskin oshishi, umumiy zaharlanish belgilari, qorinda og'riq, ich ketishi, qayd qilish, yuqori nafas yo'llarining yalig'lanishi, nafas olishning qiyinlashishi, ko'krak qafasida kuchli og'riq, xansirash belgilari bilan kechadi. Bu holatda uy sharoitida davolanmasdan darhol shifokorga murojaat etishlarini ta'kidladi.

So'zga chiqqanlar ushbu virus haqida atroflicha ma'lumot berishi barobarida doimo jamoat joylarda niqob taqish, uni har uch soatda almashtirish, ko'cha-kuyda ovqatlanmaslik, uy sharoitida go'sht mahsulotini me'yorda pishirish, meva va sabzovotlarni yuvib iste'mol qilish, shaxsiy gigiena qoidalarga amal qilish, qo'lni  tez-tez sovunlab yuvish yoki nam salfetka yordamida artib turish, shuningdek immunitetni oshiruvchi dori-darmonlarni qo'llash kabi tavfsiyalar berildi.  Jumladan, ayni damda bu virusga qarshi biror bir davo chorasi yo'qligi va uni imkon qadar oldini olish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, "Uzbekistan airways" hamda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiadorlik jamiyatlari tarkibidagi maxsus sog'liqni saqlash xizmatlari tashkil etilib va ish boshlaganligi, chet eldan kelgan shaxslar muntazam tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotganligi, isitmasi bor shaxslar bir necha kun davomida tibbiyot xodimlari nazorati ostida bo'layotganligi haqida ma'lumot berib o'tildi.

Anjuman so'nggida uning barcha ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan turli xil savollarga tibbiyot xodimlaridan yetarlicha ma'lumot olishdi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI