Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

05:55:09 (GMT +5), seshanba, 22 sentabr 2020

“Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha reyslari joriy etiladi


Joriy yilning 5 martidan 30 apreliga qadar “Afrosiyob” yuqori harakatlanuvchi tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Reys “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida har payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, hozirgi vaqtda Samarqand shahri orqali uchta poyezd, jumladan, tranzit poyezdlar (Qarshi va Buxoro yo‘nalishida) qatnaydi.  

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" АJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish