Dolzarb mavzu: Kassirga bormaslikka imkoniyat

Koronavirus bilan bog‘liq mavjud vaziyat va e'lon qilingan karantin munosabati bilan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yo‘lovchi poyezdlari uchun elektron temir yo‘l chiptalarini https://e-ticket.railway.uz/lang-uz/index.html orqali sotib olishni tavsiya qiladi.


Bu sizga quyidagi afzalliklarni beradi:

1. Vaqtingiz va pulingiz tejaladi;

2. Odam gavjum joylarga borishdan saqlanasiz. 

Chiptani A4 formatli qog‘ozga printerdan chiqartirib to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdga chiqishingiz mumkin.

ESLATMA: Elektron chiptalarni rasmiylashtirishda, mavjud imtiyoz va chegirmalar hisobga olinmaydi. Mazkur tizim xalqaro toifada bo‘lganligi bois texnik jixatidan bunday imkoniyat mavjud emas.

Elektron chiptalarni sotib olish bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha +998712997984 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

"O‘ztemiryo‘yo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI