Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar! Hurmatli hamkasabalar!

Barchangizni yurtimizga bahor nafasi bilan kirib kelgan nafosat va go‘zallik bayrami, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!


Oila va jamiyat ko‘rki, hayotimizning fayzi bo‘lgan Siz – azizlarni e'zozlash, hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir!

Har biringiz o‘z fidokorona mehnatingiz bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oilalarni mustahkamlash yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqdasiz. Ayniqsa, temir yo‘l rivoji yo‘lida biz – erkaklar bilan yelkama-yelka faoliyat yuritib kelayotganingiz, alohida tahsinga sazovor!

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, jamiyatda ham o‘zining munosib o‘rnini biladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida qancha ta'riflar keltirsak ozdir.

Qadrli opa-singillar!

Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘lishingizni tilab qolamiz! Mehnat faoliyatingizga muvaffaqiyat va omad yor bo‘lsin! Oilalaringizdan xotirjamlik, tinchlik, fayzu­baraka arimasin!

Cheksiz ehtirom bilan,

X.Xasilov, 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik
jamiyati boshqaruv raisi 

Q.Sabirov,
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport
quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika
Kengashi raisi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI