Qadrli va aziz hamkasblar!


Ko‘klam nafasi ko‘ngillarimizga beg‘ubor his-tuyg‘ular, ezguliklar uyg‘otayotgan ushbu qutlug‘ kunlarda barchangizni yangilanish va yasharish ayyomi, mehr-oqibat, ezgulik, yaratuvchanlik va go‘zallik ramzi, milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan Navro‘zi olam bilan chin qalbimizdan, samimiy tabriklaymiz!

Joriy yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Navro‘zing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bu qutlug‘ bayram mazmuni xalqimizning yaratuvchanlik, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida namoyon etishi bilan, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan yangi, hayotbaxsh islohotlar bilan xamohangdir.

Tabiatning beqiyos go‘zalligini, ona zaminimizning sahovatini namoyon etadigan Navro‘z, tinchlik, omonlik, ahillik bayrami sifatida ham xalqimizning eng sevimli ayyomiga aylangan.

Hayotning ana shunday ezguliklariga undaydigan, har birimizni tabarruk zaminimizni 
sevishga, oqibatni, mehnatni qadrlashga, ko‘klam mo‘jizalaridan bahra olishga o‘rgatadigan Navro‘z shukuhi barchangizga muborak bo‘lsin!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-u saodat, Vatanimiz ravnaqi, temir yo‘l sohasining yanada taraqqiy etishi yo‘lidagi mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda g‘ayrat-shijoat, kuch-quvvat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Buyuk va muqaddas Vatanimiz - jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!


Cheksiz ehtirom bilan,

X.Xasilov,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik 
jamiyati boshqaruv raisi v.b.

Q.Sabirov,
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport 
quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika 
Kengashi raisi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI