Sovitgichli yuk vagonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natish bo‘yicha eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun yangi qulay shart-sharoitlar

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan "Yo‘lRefTrans" AJ tomonidan eksportchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Bugungi kungacha sovutgichli yuk poyezdi 200 tonnalik yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan 5 ta vagonlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi yukni jo‘natish uchun, bitta jo‘natuvchi tomonidan bitta stansiyaga yuklanishi lozim edi. Yuk jo‘natuvchilarning buyurtmalarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘liq yuklab olish uchun yetarli bo‘lmagan hajmda jo‘natish uchun joriy yilning 14 mayidan boshlab "Yo‘lRefTrans" AJ tomonidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli temir yo‘l stansiyalarida bir yuk jo‘natuvchisi tomonidan sovutgich bo‘limlariga (vagonlarni ajratmasdan) jo‘natish imkoniyati tashkil etildi. Sovutgich bo‘limining yuklangan vagonlari uchun yuk narxi taqdim etilgan chegirmalar asosida hisoblanadi.

Masalan, 2020-yil 18 may kuni mazkur qulayliklar asosida "Yo‘lRefTrans" AJ tomonidan "RAXMATULLA SAYFULLAYEVICH" MChJ buyurtmasiga binoan Rossiya Federatsiyasining Sol-Iletsk shahriga eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan Surxondaryodan to‘rtta vagon piyoz va Toshkentdan pomidor mahsulotlari yuklangan bitta vagonni jo‘natish tashkil etilgan.

Shuningdek, "Yo‘lreftrans" AJ tomonidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning turli stansiyalaridan Riga, Klaipeydu, Tallinn, Kiev, Brest, Sankt-Peterburg, Minsk, Moskva, Ufa, Yekaterinburg, Iletsk, Novosibirsk, Petropavlovsk-Kamchatsk, Naxodka, Olma-ota, Alashankou va MDHning boshqa qator shaharlariga yuklarni yetkazib berish xizmatini taklif etadi.

Temir yo‘l xizmati mijozlari batafsil ma'lumot uchun +998909384000 raqamiga yoki Telegram messenjeridagi “Temiryollogistic” manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI