Pandemiya davrida poyezdlar harakat jadvali!

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, pandemiya sharoitida fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, "sariq" va "yashil" toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy rioya etgan holda ayrim yo'nalishlarda poyezdlar harakatini qayta tiklashga ruxsat berildi. 

"O‘ztemiryo‘yo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan hozirgacha jami 12 ta yo‘nalishda 20 ta yo'lovchi poyezdi qatnovi qayta tiklandi. Jamiyat tomonidan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish hamda ortiqcha ovoragarchiliklar tug‘dirmaslik maqsadida, qayta tiklangan yo‘nalishlarda poyezdlar to‘xtaydigan vokzallar ro‘yxati va harakat jadvali shakllantirildi. Yo‘lovchilar ushbu harakat jadvali bo‘yicha temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanishlari, chiptalarni temir yo‘l kassalaridan tashqari elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin. 


   “O‘ztemiryo‘yo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI