Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo'lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog'iston davlat chegarasidan o'tkazish masalasi bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, O'zbekiston fuqarolarini yo'lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni boshlandi. 

Buzuluk – Toshkent yo'nalishidagi poyezd 918 nafar yo'lovchi bilan bugun, 6 avgust kuni tunda O'zbekiston tomon yo'lga chiqadi. Kinel – Toshkent yo'nalishidagi poyezd esa 7 avgust kuni ertalab 918 nafar yo'lovchilar bilan tushdan so'ng Vatanimiz tomon harakatlanishni boshlaydi. 

Ushbu reys chiptalari faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel stansiyarida sotildi.  Buzuluk – Toshkent yo'nalishidagi chiptalar narxi 1.287.000 so'm (9.259 rubl),  Kinel – Toshkent – 1.357.000 so'm (9.761 rubl)ni tashkil topdi. Yo'l davomida yo'lovchi poezdlar faqat texnik ko'rik uchun to'xtatiladi,  ya'ni stantsiya-vokzallarda yo'lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezdlar O'zbekiston Milliy gvardiyasi,  Ichki ishlar vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi. 

DIQQAT! Ushbu reyslarda olib kelingan yo'lovchilar poezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo'lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmasliklarini so'rab qolamiz.  

Eslatib o'tamiz,  ko'rilayotgan karantin choralari sababli, MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar O'zbekistonda ham joriy etilgan va ular O'zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida mazkur yo'nalishda tashkil etilgan poezdlarga chiptalar turli xil koruptsion sxemalar orqali sotilish holatlari kuzatilayotgani to'g'risida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Transport vazirligi yo'lovchilardan bordi-yu chiptalarni harid qilish vaqtida noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog'liq vaziyatlarga duch kelgan taqdirda vazirlikning 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga shuningdek, “O'zbekiston temir yo'llari” AJning (71) 299-94-50  ishonch telefoniga murojaat etishlarini so'rab qolamiz.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI