Yo'lovchilar diqqatiga!

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo'yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan joriy yil 15 avgustdan boshlab mahalliy yo'nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi. 

Jumladan, dastlab, Toshkent – Buxoro – Toshkent yo'nalishida 2 ta va Toshkent – Qarshi – Toshkent yo'nalishida 1 ta  yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari, shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yo'nalishida 2 ta yo'lovchi  poyezdi qatnovi yo'lga qo'yiladi.

Yo'lovchilar chiptalarni temiryo'l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Yo'lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo'l davomida vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi. O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI