Metro faoliyati qayta yo'lga qo'yilishi to‘g‘risida

O'zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo'lga qo'yiladi. 

Soat 06:00 dan e'tiboran, Toshkent metropolitenining “O'zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi. 

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir  qatnovni yakunlagandan so'ng to'liq dezinfektsiyadan o'tkaziladi.  

Sanitariya talablari doirasida yo'lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo'lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo'lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi. Metro kassalari yonida va stansiya platformasida Ijtimoiy masofani saqlash qat'iy talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do'stlik – Qo'yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

"Toshkent metropoliteni" UK

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI