Poyezdlarning muntazam qatnovi bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda

Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo'yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan qator yo'nalishlarida yo'lovchi poyezdlarning respublika ichki reyslarning qatnovi qayta tiklanganligi haqida xabar berilgan edi.

Ayni kunda esa “Sharq” hamda “Nasaf” poyezdlari qatnovini yo'lga qo'yish bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda. Yo'lovchilar chiptalarni temiryo'l kassalaridan, shuningdek, elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin. Poyezdlar harakat jadvali bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Koronavirusdan himoya qilish uchun yo'lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo'l davomida vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi. O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI