Joriy yil 22 avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo'yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ tomonidan 2020 yil 22 avgustdan boshlab, shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta tiklanadi. Jumladan:

6440-sonli Xojikent – O'zbekiston; 
6442-sonli Xojikent – Toshkent; 
6429-sonli Toshkent – Xojikent;
6430-sonli  Xojikent – Toshkent; 
6435-sonli Toshkent – Xojikent;
6436-sonli Xojikent – Toshkent;
6437-sonli Toshkent – Xojikent;
6441-sonli Toshkent – Xojikent;
6414-sonli Toshkent – Guliston;
6413-sonli Guliston – Toshkent;
6418-sonli Toshkent – Sirdaryo;
6407-sonli Sirdaryo – Toshkent yo‘nalishlarda.

Vokzal hududida hamda vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qiling va o'zingizni hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI