Yo’lovchi poyezdlar qatnovi bosqichma bosqich yo'lga qo'yilishi davom etmoqda

Joriy yil 20 avgustdan boshlab Toshkent – Buxoro – Toshkent yo'nalishida 72/71-sonli, 21 avgustdan esa Toshkent – Buxoro – Toshkent yo'nalishida 10/09-sonli “Sharq” yo'lovchi poezdlari harakati yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, 2020 yil 25 avgustdan Termez – Sariosiyo – Termez hamda Navoiy – Yangi Zarafshon – Navoiy, 28 avgustdan esa Navoiy – Buzaubay – Navoiy yo'nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi ham yo'lga qo'yiladi.

Yo'lovchilar chiptalarni temiryo'l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Yo'lovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yo'l davomida vagon ichida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi. O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ 

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI