Kamchilik ko'prikdami yoki g'arazli niyatmi?

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan qurilgan ko'priklardan biriga asossiz tanqid bayon etilgan. Xabarda quyidagilar keltirib berilgan: “Qurilganiga hali 3 oy ham bo'lmagan ko'prik xavfli holatda. Toshkentda, eski TAPOiChda yangi ko'prik qurib topshirilganiga hali uch oy bo'lgani yo'q, ammo xavfli holatda. Ko'prikni “O'zbekiston temir yo'llari” qurgan edi. Bunaqa inshootlarni xorijiy masalan, Xitoy yoki Yevropa qurilish firmalariga berish va ish sifatini solishtirib ko'rish kerak”.

Avvalam bor, taqdim etilgan rasmlardagi ko'prik Toshkent shaxridagi TAPOiCh yaqinidagi yangi qurilgan ko'prik emasligini alohida qayd etishimiz lozim. Mazkur sun'iy inshoot aslida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 yilgi PQ–3632-sonli qaroriga muvofiq Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o'tadigan avtomobil yo'lining 104+60 piketida Chirchiq daryosi ustidan o'tuvchi ko'prik “O'zbekiston temir yo'llari” AJning “Ko'prikqurilish” Tresti” unitar korxonasi tomonidan qurilib, 2019 yilda foydalanishga topshirilgan. 

Mazkur ko'prikning qurilishi puxta va barcha talablarga to'liq javob berishiga shubha yo'q, ammo, rasmlarda aks etgan holatga boshqa omil ta'sir etishini qayd etish lozim. Gap shundaki, o'tgan yili ishga tushirilgan ko'prikga bevosita yaqin hududda, shu jumladan Chirchiq daryosi o'zanida, noma'lum tashkilotlar uzoq vaqt davomida noruda inert materiallarning (chaqiqtosh, qum, shag'al kabilarni) xom-ash'yosini qazib olish bilan shug'ullanib kelmoqda. Oqibatida daryo tubining sathi  borgan sari pasayib, ko'prik tayanchlariga tegishli konstruktsiyalarning (rostverklar va burg'ilab-o'rnatilgan qoziq-svaylarning) yo'l qo'yib bo'lmaydigan darajada ochilib qolishiga sabab bo'lmoqda. O'z navbatda, ushbu holat ko'prikning yuk ko'taruvchanligining pasayib ketishiga, hamda ohir-oqibat ko'prikning qulab tushishigacha bo'lgan mislsiz halokatlarga olib kelishi mumkin.

Yuqorida qayd etilgan muammo yuzasidan, so'nggi yillarda qator ommaviy axborot vositalarida ham bir necha bor ko'tarilgan, ammo noqonuniy qazib-olish ishlar hozirgi kungacha davom etmoqda.

Ma'lumot uchun: “O'zbekiston temir yo'llari” AJning “Ko'prikqurilish” tresti” unitar korxonasi avtomobil va temir yo'llar uchun ko'prik va yo'l o'tkazgichlar, tunnellar va boshqa qator transport uchun inshootlarni qurish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. "Ko'prikqurilish" Tresti” UK qurilish ishlarida (ham quruqlikda, ham suv havzalarida) yangi va zamonaviy texnologiya va texnik jihozlardan foydalaniladi. Korxona mutaxassislari so'nggi 5-10 yil davomida  faqat poytaxtning o'zida ko'plab yirik loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, G'.G'ulom va A.Qodiriy ko'chalari kesishmasidagi yirik transport yechimi, Muqimiy va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi yoysimon shaklidagi yo'l o'tkazgichi, "Novza" va "Mirzo Ulug'bek" metro bekatlari yaqinidagi ko'priklari, Oqtepa maydonida yo'l-transport yechimi, Taraqqiyot ko'chasini kesib o'tuvchi avtomobil va temir yo'l ko'priklari, Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko'chasi kesishmasidagi yangi uch pog'onali yo'l o'tkazgichi. Ilgari misli ko'rilmagan noyob qurilish loyihasi – Toshkent yer usti halqa metrosini qurish ishlarida ham aynan ushbu korxona quruvchilari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan hamda noto'g'ri ma'lumot tarqatayotgan OAVlarga shuni eslatib o'tamizki, jamiyatda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda noto'g'ri, asossiz va provokatsion ruhdagi axborotlarni tarqatish uchun qonun oldida javobgarlik ko'zda tutilgan!

"Ko'prikqurilish" Tresti" UK

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI