Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

03:37:19 (GMT +5), chorshanba, 27 yanvar 2021

Xavotirga o‘rin yo‘q: Anhor ustidan o‘tgan piyodalar ko‘prigining holatiga izoh

Poytaxtning Navro‘z bog‘idagi Anhor ustidan o‘tuvchi piyodalar ko‘prigining fotosuratlari elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatilmoqda va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning holatidan xavotirda.

Bunday holatga befarq bo‘lmagan hamyurtlarimiz: “Tayanchlarning pastki qismi unchalik yaxshi ahvolda emasligi tasvirlardan yaqqol ko'rinib turibdi-ku”, - deb izoh berishmoqdalar. Mutaxassislar, tashvishlanishnga umuman xojati yo‘q, deb ishontirmoqdalar. Sababi, quruvchilar tomonidan mazkur ko‘prik tayanch poydevorlari konstruksiyasiga diametri 1500 mm. bo‘lgan, hamda 41 metr chuqurlikka botirilgan, burg‘ilab-qoqiluvchi temirbeton qoziqlar qoqilganligini aytib o‘tmoqdalar.

Keltirilgan fototasvirlarda tayanch poydevori kallagi (nasadkasi) ostida aynan burg‘ilab-qoqiluvchi qoziqning betonlangan skvajinasi ko‘rinib turibdi. Qo‘llanilgan qurilish texnologiyasiga muvofiq, tayanchlarni balandlik bo‘yicha joylashtirishda kanaldagi eng baland suv sathi e'tiborga olingan. Bunda burg‘ilab-qoqiluvchi qoziqning armaturalangan qobig‘i ham mavjud bo‘lib, u tayanchning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsata olmaydi. U faqat me'moriy-estetik ko‘rinish berish uchungina mo‘ljallangan. Mazkur qobiq suvning eng past sathidan kelib chiqib bajarilgan. Biroq fototasvirdan ko‘rinib turibdiki, suv sathi o‘zining loyihada ko‘zda tutilgan minimal sathidan ham pastroq tushgan, oqibatda sirti notekis, beton ustunining tanasi ochilib qolgan. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, ta'kidlash mumkinki, mazkur piyodalar ko‘prigi hech qanday xavf-xatar tug‘dirmaydi, foydalanish uchun yaroqli holatda.

Ma'lumot uchun: burg‘ilab-qoqiluvchi qoziqlarni o‘rnatish texnologiyasiga ko‘ra, burg‘ilash ishlari quyidagi tarzda olib boriladi: Gruntga, g‘ilof vazifasini bajaradigan, qobiq quvurlar (obsadnaya truba) botiriladi, so‘ngra mexanizm cho‘michi vositasida quvur ichidagi tuproq kavlab olib tashlanadi, hamda loyihada ko‘rsatilgan sathgacha botiriladi, quvur ichida vujudga kelgan, skvajinaga (bo‘shliqqa) bor chuquriligi bo‘ylab metallardan to‘qilgan karkas tushiriladi, ish yakunida esa mazkur bo‘shliq monolit beton bilan zichlab to‘ldiriladi. Betonni quyish paytida qobiq-quvurlar sug‘urib olinadi. Grunt strukturasidan kelib chiqqan holda, qobiq-quvurlar skvajina ichidan sug‘urib olingach, skvajinaning sirti tep-tekis bo‘lmaydi. Beton joylash jarayonida notekis sirt vujudga kelib, paydo bo‘layotgan skvajina bekamu-ko‘st darajada silliq shaklda bo‘lmay, me'moriy-estetik jihatdan bejirim bo‘lishining imkoni yo‘q. Skvajina konstruktsiyasi tayanch zaminida o‘rnashgan bo‘lib, qoidaga ko‘ra, suv yoki yer sathidan pastroq botirilgan bo‘lmog‘i lozim.


Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish