Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

20:14:25 (GMT +5), dushanba, 19 oktabr 2020

Sergeli yo‘nalishinda sinov poyezdi o‘z harakatini amalga oshirdi

Bugun, 16.10.2020 y.da, Toshkent metropolitenining mavjud "Olmazor" stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo‘nalishining so‘nggi - "Qipchoq" stansiyasigacha test rejimida poyezd o‘z harakatini amalga oshirib, ustki po‘lat izlarining tayyorligini tasdiqladi. 

Bugungi kunda yangi Sergeli metro yo‘nalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, yangi metro yo‘nalishi va uning obyektlari qurilish me'yorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda joriy yil ohiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish