Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:02:43 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Ishlatilgan qo‘lqoplar bilan to‘lgan chiqindi idishlariga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi joriy yilning 16-oktabr kuni jamoat transportlari (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi)dan  foydalanish vaqtida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilishi e'lon qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad, mavjud epidemiologik vaziyatni, shuningdek mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilishdir. 

Mazkur tartib bugundan, ya’ni 2020 yil 19-oktabridan kuchga kirdi. Bunda jamoat transporti xodimlari tomonidan yo‘lovchilarga qo‘lqoplar bepul taqdim etilmoqda.

Bugun qator ommaviy axborot vositalari, hamda ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan qo‘lqoplar bilan to‘lgan chiqindi idishlari va shular bilan ifloslangan yer osti piyodalar yo‘laklarining holati aks etgan fotosuratlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, metropoliten ma'muriyati zudlik bilan korxonaning tozalash ishlari jadvalini qayta ko‘rib chiqdi. Amaldagi ishlatilgan qo‘lqoplar uchun qo‘shimcha chiqindi idishlari o‘rnatilishi va keyinchalik bu ishlatilgan qo‘lqoplar utilizatsiya qilinishi nazoratga olinadi.

Toshkent metropoliteni ma'muriyati ushbu muammoga e'tibor qaratgan, befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va shu fursatdan foydalangan holda, barcha yo‘lovchilardan tozalik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi! Shuningdek, metropoliten xodimlarining mehnatini qadrlagan holda ishlatilgan qo‘lqoplarni chiqindi tashlash uchun mo‘ljallangan idishlarga tashlashlarini iltimos qiladi.

 "Toshkent metropoliteni" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish