Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:00:11 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

O'zbekistonda birinchi bor monolit yo'l o'tkazgichi qurilmoqda

Mazkur inshootni bunyod etishdan ko'zlangan maqsad Samarqand shahrida transport infrastrukturasini yanada yaxshilash hamda yangi qurilayotgan “Samarkand city” hududiga keladigan sayyohlar va yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishdir. 

Samarqand shahridan o'tgan M-39 avtomobil yo'lining 1083 kilometrida barpo etilayotgan yangi yo'l o'tkazgich “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining “Ko'prikqurilishloyiha” unitar korxonasi hamda Rossiya Federatsiyasining yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda.

Loyihaga ko‘ra, yo'l o'tkazgichning balandligi 5,5, uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etib, inshootdan ikki tomonga yo'nalish bo'ylab ikkita s’ezd mavjud. Ushbu yo'l o'tkazgich foydalanishga topshirilgach bir soatda qariyb 600 ga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni o'tkazish imkoniyati yaratiladi. Amalga oshirilayotgan loyihaning oraliq qurilmasi kesimsiz uch oraliqli balka bo'lib, qurilish balandligi bo'yicha o'zgaruvchan bo'ladi. Ikki chetidagi oraliq qurilmaning uzunligi 33 metr, o'rtadagi oraliq qurilmaning uzunligi esa 42 metrdan iborat bo'ladi. Mazkur yo'l o'tkazgichga jami 6000 metr kub beton yotqizish ishlari mo'ljallangan bo'lib, hozirgi kunga qadar 3000 metr kub beton yotqizildi. 


Deformasion choklar rezina-metalli qoplama turidan iborat bo'lib, o'tkazgichning eni va uzunligi bo'ylab harakatlanishiga imkoniyat beradi va avtomobillarning tekis va ravon harakatlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday deformatsion choklar birinchi marotaba ishlatilmoqda. Monolit oraliq qurilma ham yaxlit havozalarda 2 bosqichda quriladi. Dastlab bir yo'nalishda uchta harakat yo'li, ikkinchi yo'nalishda huddi shuncha harakat yo'li quriladi. Ushbu yo'l o'tkazgich qurilishini “Ko'prikqurilish tresti” unitar korxonasining 200 nafar mutaxassisi zamonaviy texnika va uskunalardan foydalangan holda sifatli qilib amalga oshirmoqda.

Ta‘kidlash lozim, korxona mutaxassislari so'nggi 5-10 yil davomida  faqat poytaxtning o'zida ko'plab yirik loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, G'.G'ulom va A.Qodiriy ko'chalari kesishmasidagi yirik transport yechimi, Muqimiy va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi yoysimon shaklidagi yo'l o'tkazgichi, "Novza" va "Mirzo Ulug'bek" metro bekatlari yaqinidagi ko'priklari, Oqtepa maydonida yo'l-transport yechimi, Taraqqiyot ko'chasini kesib o'tuvchi avtomobil va temir yo'l ko'priklari, Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko'chasi kesishmasidagi yangi uch pog'onali yo'l o'tkazgichi. Ilgari misli ko'rilmagan noyob qurilish loyihasi – Toshkent yer usti halqa metrosini qurish ishlarida hamda Sergeli yer usti metrosi aynan ushbu korxona quruvchilari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunga qadar mamlakatimizda bunyod etilgan yo'l o'tkazgichlar, ko'priklar korxonalarimizda tayyorlangan yig'ma temir-beton balkalari bilan bunyod etilayotgan edi. Rivojlangan mamlakatlarda monolit usulida qurilayotgan bunday ishootlarni o'zimizning mutaxassislarimiz ham endilikda sifatli va ishonchli  bunyod etishmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish