Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:58:39 (GMT +5), chorshanba, 24 aprel 2024

Imkoniyatlarni kengaytirish sari: Na'munali xo‘jaliklardan biri yangi ishlab chiqarishni joriy etmoqda

Shu kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufidagi Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan “Temiryo‘lobod” chorvachilik va parrandachilik xo‘jaligida ommaviy axborot vosita vakillari ishtirokida media-tur bo‘lib o‘tdi. 

Barchamizga ma'lumki karantin cheklovlari davrida nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki jahon bozorlarida ham oziq-ovqat mahsulotlariga xususan go‘shtб sut va tuxumga bo‘lgan talab oshdi. Shu boisdan aholi ehtiyojini qondirish borasida ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi korxonalarda go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan 5 ta yordamchi xo‘jaliklarda bugungi kunda 5 ming 600 dan ortiq qoramol, 55 ming bosh parranda, 800 bosh qo‘y va echki, 282 bosh ot hamda tuyalar boqilmoqda. “Temiryo‘lobod” chorvachilik va parrandachilik majmuasi, “Gulobod-meva” sabzavot, polizchilik va chorvachilik xo‘jaligi, “Sardoba” agrosanoat majmuasi unitar korxonasi, “Navro‘z-naslchilik” chorvachilik majmuasi, hamda “Qo‘ng‘irot-Ustyurt” parrandachilik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan go‘sht, sut va tuxum mahsulotlari temiryo‘lchilar bilan bir qatorda mahaliy aholiga ham yetkazib berilmoqda.

Navbatdagi media-tur ham shunday korxonalardan biri “Temiryo‘lobod” chorvachilik va parrandachilik xo‘jaligiga tashkil etilgan. Majmuada 2020 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra jami 2295 bosh qoramollar mavjud bo‘lib, shundan sigirlar 773 boshni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 200 boshga ko‘paydi. Joriy yilning 9 oyi davomida xo‘jalikda 560 bosh buzoq olindi bu degani har 100 bosh sigirdan o‘rtacha 68 boshdan buzoq olindi. Shuningdek, parrandalar soni 28 ming boshni, qo‘y va echkilar 195 boshni, ot va tuyalar 6 boshni tashkil qiladi. Xo‘jalikda 2020 yilning 9 oyida jami 1208 tonna sut sog‘ib olingan bo‘lib, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 224 tonnaga ko‘paygan.

    

Shuningdek, majmuada jami 1919 gektar yer maydonining 1618 gektari turli qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilmoqda. Jumladan 2020 yilda 150 gektarga bug‘doy, 10 gektarga sabzavot, 30 gektarga sholi, 25 gektarga kungaboqor va 1329 gektar maydonga yem-xashak ekinlari (190 gektar beda, 70 gektar don uchun, 988 gektar silos uchun makkajo‘xori) ekildi va 27 gektar maydonda bog‘lar tashkil qilindi.

2019 yilda chorva va parrandalar uchun yangi bino qurish ishlari boshlandi. 2020 yilda binoning qurilish ishlari tugatilib, zamonaviy texnikalar bilan jixozlangan. Hozirda sut va go‘shtni qayta ishlash sexlarini faoliyatini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

Fermada yetishtirilayotgan qoramol va parrandalar bugungi ichki bozor rastalarini to‘ldirmoqda. Aholining istemol talabini qondirishga ham xizmat qilmoqda. Tadbir davomida OAV vakillariga mutaxasislar tomonidan ham ilmiy, ham amaliy tushunchalar berildi va jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish