Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:37:28 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Dolzarb hamkorlik va temir yo'l sohasining rivojlanish istiqbollari

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi №1985-sonli qaroriga muvofiq, “Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini qurish va Pop – Qo'qon – Andijon uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi amalga oshirildi. Eslatib o'tamiz, mazkur loyiha tog’li hudud – Qamchiq dovonida 19,2 kilometrlik tunnel qurishni ham o'z ichiga olgan. Ushbu yo‘nalish 2016 yilda ishga tushirildi.

Shu bilan birga, Angren – Pap – Qo‘qon – Andijon temir yo'l liniyasining infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida, transport qatnovi hajmining istiqbolli o'sishini hisobga olgan holda, “O'zbekiston temir yo‘llari” AJ zamonaviy signalizatsiya va kommunikatsiya tizimlarini o'rnatish, ikkita nimstansiya qurish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan (OTB) kredit olish bo'yicha muzokaralar olib bordi. Qarz mablag'lari hisobiga temir yo‘l liniyalarida ishlash uchun ixtisoslashgan mexanizmlar va mashinalar sotib olish rejalashtirilgan.

Joriy yilning noyabr oyida OTB tomonidan O'zbekiston Respublikasiga 121 million AQSh dollar miqdorida oddiy kapital resurslaridan kredit berishni ma'qulladi. Bunda “Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini qurish va Pop – Qo'qon – Andijon uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini yakuniga etkazush maqsadida 25 yil, shu jumladan 5 yillik muddatga imtiyozli davrni ham o'z ichiga oladi. 

Yuqorida qayd etilgan loyiha O'zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlariga mos ravishda turli yo'nalishlarida mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sishiga ko'maklashuvchi muhim omillardan biridir.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish