Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

13:02:59 (GMT +5), payshanba, 18 aprel 2024

Deputatlar Toshkent metropolitenning yer usti xalqa liniyasidagi yangi stantsiyalarga tashrif buyurishdi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari, parlamentning Quyi palata fraktsiyalari a'zolari poytaxt metropolitenining yangi ob'ekt – "Do'stlik-2" - "Qo'ylik" yo‘nalishi, undagi yo'lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, stantsiyalarning faoliyati hamda joylardagi inshootlarning ekspluatasiyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Delegatsiya a’zolari metroning "Do'stlik-2" bekatidan Qo’yliq bekatigacha yangi metro poyezdlarda sayohat qildi. Shuningdek, deputatlar uchun yer usti metro liniyasining qurilish jarayoni va bugungi kundagi faoliyati haqidagi taqdimot namoyish etildi/ Mehmonlar o’zaro fikr almashib barcha savollariga metropoliten mutaxassislari tomonidan atroflicha javob olishdi. "ATTO" MChJ mutasaddilari tomonidan jamoat transportida joriy etilayotgan yangi elektron to’lov tizimini va uning samaradorligi haqida ma’lumot berishdi.

- Deputatlarning amaliy jarayonlar bilan bevosita tanishishi sohalarni batafsil o'rganish imkoniyatini yaratib, qonun ijodkorligida mukammallikni ta'minlashga xizmat qiladi, – deydi Botir Mardaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi a'zosi. – Shu bois, bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi tashabbusi bilan bir guruh deputatlar ishtirokida Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti xalqa metropoliteni liniyasining «Do'stlik-2» – «Qo'yliq» yo'nalishi ob'ektlari va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Ayni paytda, Qonunchilik palatasida «Transport to'g'risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o'qishga tayyorlanmoqda. Yerusti metropoliteni faoliyati bilan yaqindan tanishuv, sohadagi mavjud masalalarni o'rganish mazkur qonun loyihasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash lozimki, mazkur qonun loyihasi davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yangi tahrirda ishlab chiqilgan. Ushbu qonun loyihasi transport sohasining barcha jabhalarini o'z ichiga qamrab olmoqda.


Uchrashuv qizg'in muhokama va savollarga hamda takliflarga boy bo'ldi. Jumladan, mamlakatimizda temiryo'l transporti sohasini yanada rivojlantirish, yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish, poytaxt aholisi va tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratib borilayotganligi alohida e'tirof etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegasiyasining barcha savollariga "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va "Toshkent metropoliteni" UK mutasaddi xodimlari batafsil javob berishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish