Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:12:59 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Munosabat

Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ko‘priklar holati o‘rganilganda, daryo va soylarning o‘zanlaridan – tosh, qum va shag‘alning noqonuniy ravishda qazib olinishi natijasida, qariyib 26 ta ko‘priklarning oraliq tayanchlari kritik sathidan ortiqcha yuvilib ketganligi haqida mazkur inspeksiya matbuot xizmati axborot berdi. Ushbu xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalarida keng tarqalib, turli muhokamalarga, shu jumladan ko‘prik quruvchilariga tegishli salbiy fikrlarga sabab bo‘lmoqda.

Ta'kidlash joiz, 2017 yil 4 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3309-sonli “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temir yo'llari” AJning “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar (yondoshish yo‘llari bilan birga 500 pogon metrdan ko‘proq uzunlikda) va boshqa sun'iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha vakolatli tashkilot etib belgilangan edi. Mazkur vakolat 2019 yil 9 dekabrdagi PF – 5890-sonli “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi zimmasiga o‘tkazildi. 

Ya'ni, bugungi kunda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi avtomobil va temir yo‘llar uchun ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, tunnellar va boshqa qator transport vositalari uchun inshootlarni qurish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. Aynan qurilishlar uchun javob beradi, uning ekspluatatsiyasi esa korxona zimmasiga kirmaydi. Shu o‘rinda eslatish joizki, “Ko‘prikqurilish” Tresti – pudrat tashkiloti sifatida Davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyihalar va shartnomalar asosida qurilish ishlarini bajaradi xolos.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish