Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

01:03:44 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

Tajovuzkorlar ko'mir ortilgan vagonlarga yana hujum qilishmoqda

Joriy yilning 17 noyabr kuni usti yarim ochik 50 ta vagonlarda ko'mir maxsulotlari “Angren - Oxangaron” yo'nalishi bo'ylab harakatlangan va yo'lda “Obliq” temir yo'l bekatida 4ta vagondagi ko'mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shaxridagi filiali bo'lganligi uchun uzib qolingan. Vagonlar uzilgandan so'ng xarakat tarkibi Oxangaron yo'nalishi bo'ylab harakatini davom ettirib ketgan. 

Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o'tish vaqtida ko'mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar noma'lum shaxslar vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni ko'rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Oxangaron o'qchilik komandasi o'qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma'lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to'xtatgan. Teplovoz to'xtagan vaqtda ushbu noma'lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan. 

Hozirda mazkur noma'lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish