Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

05:27:44 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Qirg'iz Respublikasiga gumanitar yordamning uchinchi partiyasi yetkazildi

Qo'shni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun O'zbekistondan Qirg'iz Respublikasiga, «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati ko'magida, ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.


200 o'ringa mo'ljallangan 40 ta shifoxona konteynerlar  ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yo'l stantsiyasiga yetib keldi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruv raisi v.b. Xasilov X.N. boshchiligidagi O'zbekistondanlik delegatsiyani Qirg'iz Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi vakili K.T.Shadixonov va "Qirg'iz temir joli" davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. kutib olishdi. 

Uchrashuv davomida «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. Xasilov X.N. hamda «Qirg'iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. o'zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo'llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan birodar qirg'iz xalqini qo'llab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida Qirg'iz Respublikasiga 3000 tonna bug'doy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yukni yuborgani haqida xabar bergan edik.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish