Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:31:59 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Tuhmatning umri qisqa...

Shu kunlarda elektron ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada telejurnalist intervyu olayotgan paytida, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro o‘z dardini aytish bilan suhbatni bo‘lib, tortishdi. Ayolning gaplariga ko‘ra davlat unga hech qanday yordam bermasligi, xususan, avvalgi ish joyini tiklashda ham muammoga duch kelgani haqida murojaat qildi. Kamera ortida o‘zini Dultayeva Dilafruz Burxonovna, deb tanishtirib, o‘zini "Qarshi" temir yo‘l stansiyasidan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilganini aytib adolatni talab qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan tezkor xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, fuqaro Dultayeva D.B.ning ayblovlari asossiz ekanligi aniqlandi. Jumladan, mazkur fuqaro ishdan bo‘shatilishining asosiy sabablaridani, uning muntazam ravishda mehnat intizomi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzib kelgan. Dultaeva D.B. bir necha marotaba ogohlantirish va xayfsan olgan. Unga nisbatan bir necha bor ichki tartibda belgilangan ma'muriy jazo, xususan mukofot pullaridan mahrum qilish choralari ko‘rilgan (asos uchun barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan). Biroq, qo‘llanilgan choralardan xulosa chiqarmagan. O‘sha vaqtda "Qarshi" temir yo‘l stansiyasida texnologik markazining poyezdlarni jo‘natish bo‘yicha katta operatori sifatida ishlagan D.B.Dultayeva stansiya va “Qarshi MTU” unitar korxonasi rahbariyatining ogohlantirishlariga qaramasdan o‘z xizmat vazifasiga mensimaslik  bilan munosabatda bo‘lib kelgan. Rahbariyat va hamkasblari bilan muloqotda hurmatsizlik qilgan, ayol kishiga mos kelmaydigan xatti-harakatlar qilgan. Hamkasblari hatto jamoaviy shikoyatnoma yozib imzo ham chekishgan, chunki ishga mas'uliyatsizligi, u ishlab turgan lavozimi temir yo‘llarda harakat xavfsizligini maksimal darajada tashkil etishni talalab etadi va ushbu choralarga rioya qilmasligi hamda boshqa yoqimsiz harakatlari jamoaning noroziligini yanada kuchaytirgan.

Fuqaro D.B.Dultayeva 2018 yilning yozida ishdan bo‘shatilganidan buyon, bir necha bor turli sudlarga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 22 yanvardagi qaroriga binoan D.B.Dultayevaning da'vosi asossoz deb topilgan. E'tiborlisi, mazkur ish doirasida, Qashqadaryo sudining 2018 yil 14 noyabrdagi qarori va shu sudning 2019 yil 10 yanvardagi qaroridan apellyatsiya shikoyati ham ishga taqdim etilgan.

Rasmiy tergov davomida yuqorida qayd etib kelinayotgam fuqaroning jinoyatchiliklariga oid ma’lumotlar ham aniqlangan. Y'ani, D.B.Dultayeva  Qarshi tuman sudining 2016 yil 5 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismining «v» bandiga asosan ozodlikdan mahrum qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 72-moddasiga binoan shartli hukm chiqarilgan. Shu bilan birga, 2018 yil 5-fevral kuni Mirishkor tuman sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2019 yil-moddasining 2-qismiga muvofiq ozodlikni cheklash to‘g‘risida hukm chiqarildi va 2019 yil 25 aprel kuni Qarshi tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 48-1-moddasiga binoan 1 yil 14 kunlik muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qayta tayinlandi.

Mazkur ish yuzasidan tegishli bo‘lgan ayrim hujjatlar nusxasi quyida ilova qilingan.

Axborot-tahliliy media markazi

Yuklash uchun hujjatlar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish