Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

11:49:31 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Hurmatli poytaxt metropoliteni yo‘lovchilari!

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17 ta vestebyul vaqtincha yopilganligi haqida xabar bergan edik. Ayni paytda ularning sakkiztasi yo‘lovchilarni qabul qilmoqda. Quyidagi 9ta vestebyul texnik sabablariga ko‘ra yopiqligicha qolmoqda: 

"Hamid Olimjon" bekati – "NBU" banki tomonidagi vestebyul; 

"Amir Temur Xiyoboni" bekati – 50-maktab yonidagi vestebyul; 

"Mirzo Ulug'bek" bekati – "Milliy" stadioni tarafidagi vestebyul; 

"Toshkent" bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestebyul; 

"Oybek" bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestebyul; 

"Kosmonavtlar" bekati – O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestebyul; 

"Abdulla Qodiriy" bekati – Gyote instituti yonidagi vestebyul; 

"Minor" bekati – Moliya instituti tomonidagi vestebyul; 

"Mustaqillik maydoni" bekati – "Mustaqillik maydoni" tomonidagi vestebyul.

Shu bilan birga, "Toshkent metropoliteni" UK 2020-yilning 10-dekabirigacha poytaxt metropoliteni barcha vestebyullarining bosqichma-bosqich ochilishini  ma'lum qiladi. 

"Toshkent metropoliteni" UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish