Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:19:52 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Poytaxtimizda kapital ta'mirdan chiqqan yo‘l o‘tkazgich to‘liq foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Ahmad Donish ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘li, Miskin va Usta Shirin ko‘chalari kesishmasidagi avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l o‘tkazgichda kapital ta'mirlash ishlari yakunlanib to‘liq xarakat yo‘lga qo‘yildi.

Ta'kidlash joiz, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3632-sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash doirasida amalga oshirildi. Ushbu dasturda yuqorida qayd etilgan yo‘l o‘tkazgichning loyiha-smeta hujjatlariga asosan 21 mlrd so‘m maxalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish belgilangan.

Ushbu yo‘l o‘tkazgich 2000 yilda qurilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 912 metr, eni esa 29 metr, konstruktsiya qismi 660 metr, yondashish yo‘llarining uzunligi 252 metrni tashkil etadi. Mazkur inshoot ishga tushirilgandan buyon ta'mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Shu sababli, yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi temir-beton konstruktsiyalar, gildirak qaytargichlar, bezak plitalari, metall to‘siq panjaralari, asfalt beton qoplamalari hamda taroqsimon ko‘rinishidagi deformasion choklari yaroqsiz holga kelib qolgandi.

     

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur transport yechimini ta'mirlash ishlari 2019 yil oktyabr va noyabr oylarida boshlangandi. 2019-2020 yillardagi qish mavsumida, qurilish ishlari sifatsiz bo‘lmasligi uchun ta'mir ishlari to‘xtatilgandi. 2020 yil mart oyidan pandemiya sharoitida karantin choralari kuchaytirilganligi sababli, qurilish ishlarini davom ettirish imkoni bo‘lmagandi. Qurilish-ta'mir  ishlarida ishtirok etgan barcha ishchi-xodimlar yurtdoshlarimiz qatori shu davrni uy sharoitida o‘tkazganlar.

     

Karantin choralari yumshatilganidan so‘ngi ta'mir ishlari davom ettirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Ko‘prikqurilish” tresti UK tizimidagi “Ko‘prikqurilishfoydalanish” UK hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda, ushbu yo‘l o‘tkazgichni mukammal ta'mirlash ishlarini olib borishda, asosan, qatnov qismidagi temir-beton konstruktsiyalar almashtirildi hamda ostki fazosidagi konstruktsiya qismlari balkalar, rigellar hamda tayanch ustunlari, temir-beton qoplamalarining buzilgan joylari qayta tiklanib, to‘liq bo‘yash ishlari amalga oshirildi hamda yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi yo‘lni ajratib turuvchi quyma beton bloklar o‘rnatilib, asfalt-beton qoplamasi yotqizildi.   

Shuningdek, zamonaviy ko‘rinishga ega, shahar arxitekturasiga va milliy an'analarimizga mos keladigan bejirim shaklda yoritgich ustunlari, bezakli metall panjaralar hamda g‘ildirak qaytargichlar o‘rnatildi. Ushbu yo‘l o‘tkazgich asosiy qismi quyma beton (monolit)dan tashkil topganligi sababli, tajriba sifatida bitta deformatsion chok ta'mirlandi. Bunda esa, geomembrana polimer materiali hamda yangi texnologiiya asosida “CRAFCO” kompaniyasining mastika mahsulotlaridan foydalanildi.

  

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish