Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

01:38:52 (GMT +5), seshanba, 26 yanvar 2021

O'zbekistonda ilk bor hiyobon ostidagi avtomobil yo'li quriladi

2021 yilda Urganch shahrida birinchi yer osti avtomobil yo'lining qurilishi boshlanadi, uning ustida esa Xorazmshohlar sulolasining eng mashhur hukmdorlaridan Jaloliddin Manguberdiga bag'ishlangan 25 metrlik yodgorlik joylashgan hiyobon barpo etish rejalashtirilgan.

Hiyobon va yer ostidagi  avtomobil yo‘li Al-Xorazmiy va I.Karimov ko'chalari kesishmasida joylashgan bo'ladi. Mazkur loyihani amalga oshirilishini, chorrahada avtotransport vositalarining harakatini svetoforlarsiz ta'minlash va tartibga solish maqsadida qurish taklif qilindi. Transport yechimi Al-Xorazmiy ko‘chasidan tunnel tipidagi temir-beton yo'l o'tkazgichidan iborat bo‘lib, I.Karimov ko'chasi yo'l o'tkazgich ustidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan amalga oshirish  rejalashtirilayotgan ushbu loyiha "Boshtransloyiha" aksionerlik jamiyati mutaxassislari tomonidan  tunnel tipidagi yo'l o'tkazgichning 4 ta varianti ishlab chiqilgan va ulardan eng muqobil varianti tanlandi. Yo'l o'tkazgichning umumiy uzunligi – 500,72 m, tunnel harakatlanish qismining balandligi – 5,5 m, tunnelning kengligi – 17,10 m.

Yer osti avtomobil yo'lining qurilish ishlarini ushbu sohada katta tajribaga ega bo'lgan “Ko‘prikqurilish” Tresti UK mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

   

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish