Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

07:25:40 (GMT +5), dushanba, 19 aprel 2021

Metroda harakatlanayotgan poyezdning vagonida o‘spirin o‘zining noodatiy harakatlarini namoyish etgan videoga sharh

“Instagram” va “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida – metroda harakatlanayotgan o‘spirin, metro vagonning yuqoridagi ushlagichlariga oyoqlari bilan osilib turib, g‘alati ovoz bilan baqiryotgani tasvirlangan video tarqatilmoqda. 

 

Tergov jarayonida o‘zini blogger deb bilganlar, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 105-maktabining voyaga etmagan, 2005 yilda tug‘ilgan A.A. va T.U. o‘quvchilari ekanligi hamda ular ushbu harakatni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish va obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirganlari aniqlandi.   

O‘smirlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, Poytaxt metropoliteni ma'muriyati, shuningdek, 105-maktab ma'muriyati va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida tushuntirish suhbati o‘tkazildi. Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘shimcha ko‘rib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga etmaganlar bilan ishlaydigan bo‘limiga o‘tkazildi.  

Qayd etish lozim, ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy kodeksining 115-moddasiga binoan chora ko‘riladi. 

Bundan tashqari, o'smirlar O'zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davridabelgilangan maska rejimiga rioya qilmay belgilangan qoidalarni buzganli uchun ham javobga tortiladi. 

Metropoliten rahbariyati yo‘lovchilarni ogohlikka chaqirib, metro xizmatlaridan foydalanish qoidalariga qattiy rioya qilishingizni, shu bilan birga yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va o‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raydi!   

"Toshkent metropoliteni" UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish