Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

11:14:31 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Temir yo‘l xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash, shuningdek “Sug‘diona Trans” sho‘ba korxonasi haydovchisi Jasur Rashidovga Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “Jasorat” medalini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov ochib berdi va Prezidentning maxsus farmonini o‘qib eshittirdi. Shu bilan birga farmon ijrosi ham ta’minlandi, qahramonimiz Jasur Xudoyqulovichga “Jasorat” medali jamiyat rahbarlari va harbiy xizmatchilar ishtirokida topshirildi.

Taqdirlash marosimi mobaynida Maxsus xizmat va Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi. Unda temir yo‘llar tizimida xizmat burchini ado etayotgan harbiylarning dala o‘quv mashg‘ulotlari va ularga yaratilgan imkoniyatlar aks ettirilgan. Bundan tashqari favqulotda holat sodir bo‘lganda harbiylarimizning jangovar tayyorgarligi, dushmanni tez va chaqqonlik bilan zararsizlantirishi tadbir qatnashchilariga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. 

Qutlug‘ sana munosabati bilan tabriklash uchun so‘z navbati “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi v.b. Xusnitdin Xasilovga berildi. - Bugungi Vatan himoyachilari kuni bilan barchangizni muborakbot etaman, - deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi v.b. Xusnitdin Xasilov. Temir yo‘larda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek harbiy aslahalarni tashish ishlarini, vokzallar va vokzal hududlarida tinchlikni saqlash kabi muhim vazifalarni a’lo darajada bajarib kelayotgan xodimlarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman va bayram bilan chin yurakdan tabriklayman.


Chiroyli tabrikdan keyin rais boshchiligida Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi va Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini ta’minlash markazi xodimlariga bayram sovg‘alari berildi.

Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini ta’minlash markazi boshlig‘i Sirojiddin Saydahmedov so‘zga chiqib Mudofaa vazirining maxsus tabrigini tadbir ishtirokchilariga yetkazdi va o‘zining qaynoq dil izholarini ham aytib o‘tdi.


Bayram munosabati bilan Transport vositalarida qo‘shinlar harakatini ta’minlash markazi boshlig‘i o‘tgan 2020 yil mobaynida yaxshi xizmat ko‘rsatgan xodimlariga maxsus “Faxriy yorliq”larni topshirdi.  

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish