Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

11:06:06 (GMT +5), chorshanba, 24 aprel 2024

Temir yo‘l – xavfli hudud

Yanvar oyinig boshida Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdiga noma’lum kimsa tomonidan qattiq jism uloqtirildi. buning natijasida 6-vagoning 3-oynasi darz ketdi.

Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, bu holat “Ziyovuddin” va “Zirabuloq” temir yo‘l stansiyasi oralig‘ida yuz bergan va poyezd yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan 6-vagonning 3-oynasi qattiq jismning kelib tegishi oqibatida singanligi ma’lum bo‘ldi. Surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni Narpay tumani Alisher Navoiy mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan M.Sh. sodir qilgani aniqlandi.


Bugungi kunda Narpaylik o‘smir tosh otib “Afrosiyob” poyezdi oynasini sindirganligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur targ‘ibot va tashviqot ishlarini bevosita “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi mutaxassislari va yoshlar yetakchilar Kengashi hamda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari olib bormoqda. 

Ular shu kunga qadar hudud yaqinida yashovchi aholi hamda maktablarda “Temir yo‘l – xavfli hudud” mavzusida yig‘ilishlar o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, mas’ul mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan har bir yig‘ilishda ishtirokchilarga mazkur huquqbuzarlikning oqibatlari aniq dalillar misolida tushuntirib berilmoqda. Shuningdek, ularga temir yo‘llarga har xil chiqindilarni tashlamaslik, belgilanmagan hududlardan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, hududdagi maxsus bino va harakatlanib ketayotgan poyezdlarga tosh otmaslik kerakligi uqtirilyapti. Aks holda jarimaga tortilishi aytib o‘tilmoqda. 

– 2021 yilning 7 yanvar sanasidan boshlab, shu kunga qadar yetti marotaba “Temir yo‘l – xavfli hudud” mavzusida targ‘ibot va tashviqot yig‘ilishlarini o‘tkazdik, – deydi Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasining Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi v.b. Hayotbek Mamataliyev. – Mazkur o‘tkazilgan tezkor tadbirlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining ayrimlari davlat mulkini ham, o‘z mulki kabi asrab-avaylash hamda unga zarar yetkazmaslik kerakligini mutlaqo anglamaydi. Bu huquqbuzarlik o‘z-o‘zidan mayda bezorilik bo‘lib, bora-bara katta jinoyatga yetaklashi yetti uxlab tushiga ham kirmagan. Ayrimlarining “meni bolam sindiribdimi? Kim tosh otgan bo‘lsa o‘shalarni jazolang!?” degan so‘zlaridan buni anglash qiyin emas. Axir ota-bobolarimizning “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan iborasi qayda qolmoqda.

Shunday ekan, aziz fuqarolar loqaydlikdan voz kechib, farzandlarimizning kundalik qilayotgan ishlariga e’tiborli va ogoh bo‘laylik! Ogohlik – davr talabi ekanini unutmasligimiz lozim!

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish