Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:20:53 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Elektron mobil qurilma yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatida elektron tijoratni rivojlantirish hamda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent markaziy vokzalining nazorat punktlariga elektron yo‘l hujjatlarini elektron tarzda nazoratdan o‘tkazish uchun qurilmalar o‘rnatildi.

Bugungi kunda Toshkent markaziy vokzalidan poyezdlarga chiqadigan yo‘lovchilar uchun vokzal nazorat punktlarida elektron tarzda rasmiylashtirgan yo‘l hujjatlarini tezroq nazoratdan o‘tkazib, ortiqcha ushlanib qolmasliklari uchun imkoniyat yaratildi. 

Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Dastlab, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanyotgan “Afrosiyob” tez yurar poyezdi vagon kuzatuvchilari mazkur elektron qurilma bilan ta’minlandi. Bugungi kunda faqat ushbu poyezdga chiqadigan yo‘lovchilarning elektron tarzda rasmiylashtirgan yo‘l hujjatlari nafaqat qog‘ozda, balki mobil telefonida bo‘lsa ham nazorat qilish mumkin. Ushbu vokzaldan boshqa poyezdlarga chiqadigan yo‘lovchilar esa vaqtincha elektron tarzda rasmiylashtirgan yo‘l hujjatlarini qog‘ozga chiqarib olishlari zarur.

Kelgusida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha temir yo‘l vokzallariga kirishdagi nazorat punktlari va boshqa poyezdlarning vagon kuzatuvchilari ushbu elektron mobil qurilmalar bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish