Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:37:08 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi yangi metro yo‘nalishidagi sharoitlarni baholadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovning topshirig‘iga binoan, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida, yaqinda qurilgan Sergeli metro yo‘nalishida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi vakillari uchun maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Transport vazirining maslahatchisi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi, "Toshkent metropoliteni" UK rahbarining o‘rinbosari va boshqa qator mas’ul shaxslar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Farhod Abdurahmonovning ta‘kidlashisha, hozirda Sergeli metro liniyasida Assotsiatsiyaning 12ta asosiy talablaridan 9tasi hisobga olingan. Shu bilan birga, nogironlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ham aniq takliflar bildirildi. Jumladan, ushbu toifadagi odamlar uchun stansiya xodimlarini chaqirish uchun chaqiruv tugmachalarini o‘rnatish, nogironlar uchun maxsus to‘xtash joylarini belgilash, hamda metro stansiyalari yonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llaridan o‘tish maqsadida maxsus tugmachali svetofor, piyodalar o‘tish joyi va hokazolarni o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish takliflari bildirildi. 

Bundan tashqari, yangi stansiyalarning tashqi ko‘rinishida zamonaviylik va milliy uslub uyg‘unlashtirilganligi, metropolitenda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida barcha sharoitlar yaratilganligi, elektron turniketlar, eskalator va liftlar o‘rnatilganligi, o‘ziga xos dizayndagi qulay o‘rindiqlar va dekorativ o‘simlik bilan bezatilganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Yangi metro liniyasi kuniga 35 mingga yaqin yo‘lovchi tashish quvvatiga ega.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro imkoniyati cheklangam insonlar va boshqa metro foydalanuvchilari uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish