Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

16:15:56 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Temir yo‘l hududida xavfsizlik choralari muhokama qilindi

Toshkent viloyatining Zangi-ota tumani markazida joylashgan Madaniyat saroyi kutubxonasida “Temir yo‘l hududida xavfsizlik choralari” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“O‘rta-ovul” stansiyasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Transportdagi Ichki ishlar bosh boshqarmasi, “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari, Zangi-ota va O‘rta-ovul qo‘rg‘onlari mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tuman Yoshlar ittifoqi yetakchilari va hudud yaqinida joylashgan maktab direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rilgan asosiy masalalardan biri 2020 yilda temir yo‘l hududlari bo‘ylab harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, joriy 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Targ‘ibot tadbiri davomida tashrif buyurgan mutaxassislar so‘zga chiqib, 2020 yilda temir yo‘l hududida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida olib borilgan profilaktik choralar haqida atroflicha ma'lumot berishdi. Temir yo‘l hududida fuqarolar tomonidan yo‘l qo‘yilgan barcha qoidabuzarliklar aniqlanib, mutasaddilar tomonidan ogohlantirilgani va belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilgani aytib o‘tildi. Temir yo‘llarga yaqin mahallalarda yashovchi aholiga, ayniqsa, yoshlar, voyaga yetmagan bolalarga temir yo‘l hududidan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanish hamda xavfsizlik talablariga rioya qilish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

– So‘nggi vaqtlarda fuqarolarning temir yo‘l vagonlariga o‘g‘irlik maqsadida chiqishi va elektr toki urishi natijasida og‘ir tan jarohati olib, o‘lim holatlari qayd etilmoqda, – deydi “O‘rta-ovul” stansiyasi navbatchisi, poyezdlar harakati xavfsizligi katta jamoat inspektori F.Muxsinov. – Bu kabi salbiy holatlarning aksariyati fuqarolarning aybi bilan sodir bo‘lmoqda. Shu bilan birga temir yo‘l kesishmalarida ham avtomobil haydovchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar oqibatida kuzatilayotgan holatlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish