“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parki sezilarli darajada to‘ldirildi

Bugun, 2020 yil 17-dekabr kuni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasi doirasida Xitoydan olib kelingan zamonaviy va kuchli yuk va yuk-yo‘lovchi lokomotivlarining taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

 

– Biz Xitoyning davlat CRRC Group (China Railway Rolling Stock Corporation), xolding kompaniyasi bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelmoqdamiz – deydi Xusnutdin Xasilov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning boshqaruv raisi v.b. – Ushbu eng zamonaviy va to‘rtinchi avlod elektrovozlari mintaqamizning iqlim va tog‘li murakkab sharoitlarida harakatlanishi hisobga olingan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyurtmasi bilan yig‘ilgan. Ushbu elektrovozlarning har biri to‘liq tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng harakatlanishga ruhsat beriladi – bu yuklarni o‘z ichiga olgan dastlabki sinovlar bo‘ladi. Shuni ta'kidlash joizki, Lokomotivlar allaqachon ish boshlashdi. Bugungi kunga qadar ikkita yangi yuk tashuvchi lokomotivlar 6,5 ming tonna yuklarni Toshkentdan Jizzaxga yetkazib berishdi va 4,5 ming tonna yuklarni eng qiyin tog‘ temir yo‘l hududlari bo‘ylab Qashqadaryo viloyatiga yetkazishdi. 7-10 kun ichida lokomotivlarning hammasi to‘liq ish quvvatida ishlay boshlaydi.

    

Eslatib o‘tamiz, yangi lokomotivlar avvalgi yillarda sotib olinganlaridan keskin farq qiladi, chunki ular yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat - 8 o‘qli yo‘lovchi elektrovozi (9,600 kVt) va 12 o‘qli yuk elektrovozi (14,400 kVt). Uning quvvati tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Har bir lokomotivning ishlash muddati – 40 yil.

 – Yangi 30 ta elektrovozda 120 nafar mashinist va 120 nafar mashinist yordamchilari ishlaydi, bu 240 nafar mutaxassisni ish bilan ta'minlanishini anglatadi, – deydi “O‘zbekiston” lokomotiv deposi mashinist-murabbiyi Umid Xursandov. – Lokomotiv brigadalari yangi texnikalardan juda mamnun, chunki yangi elektrovozlar to‘liq kompyuterlashtirilgan va ushbu texnikaning avvalgi avlodlariga nisbatan boshqarish juda oson. Ular zamonaviy xavfsizlik va diagnostika tizimlari bilan jihozlangan. Misol uchun, agar yo‘lda uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi va bu yerda uni tuzatish yo‘llari ko‘rsatiladi. 

 

Ta'kidlash joizki, Lokomotivlarda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradi. Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Lokomotiv parkida mavjud lokomotivlarning 50 foizdan ortig‘i yangilandi.

 Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI