Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

04:23:00 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Xalqaro standartlar joriy etilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda soliq qonunchiligiga joriy yilda kiritilgan o‘zgarishlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Joriy yilning 17-19 fevral kunlari videokonferentsiya shaklida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarlarida soliq qonunchiligiga joriy yilda kiritilgan o‘zgarishlar va moliyaviy hisobotlarda xalqaro standartlarini joriy etish va ushbu mavzuga oid boshqa masalalar o‘rganib chiqildi.

O‘quv seminarlarda O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining malakali mutaxassislari ishtirok etdi. Unda Jamiyatining 200 nafardan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etdi hamda mazkur yo'nalishdagi mavzuga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish