Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:45:40 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Rasmiy bayonot

Kuni kecha bir guruh tadbirkorlik sub'ektlari soliq idoralari xatti-harakatiga norozilik bildirganlaridan barchaning habari bor. Ushbu “oxiriga yetmay” ko'rilgan choralardan zarar ko'rgan yirik tashkilotlar safida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati ham bor edi.

Talabga muvofiq har bir bitimning qonuniyligi va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligini va mol yetkazib beruvchining o'z shartnomaviy majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etildi.

Har bir holatni alohida chuqur tanqidiy ko'rib chiqilishi natijasida taqdimnomada keltirilgan 18,8 mlrd. so'mlik holatdan 530 mln. so'mlik shartnomalarida (ya'ni 2,8% qismi) bitim tuzgan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar to'lashlari lozim bo'lgan qo'shimcha qiymat solig'ini to'lamaganliklari aniqlandi.

Insofsiz tadbirkorlar tomonidan to'lanmagan 69 mln. so'm qo'shimcha qiymat solig'i aybdor shaxslardan undirildi va o'rnatilgan tartibda soliqqa yo'naltirilmoqda.

Achinarlisi shundaki, shubhali kontragentlar bilan tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi tovar xom ashyo birjasi savdo platformalari orqali rasmiylashtirilgan. Ushbu yo'nalishda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Davlat soliq qo'mitasiga kontragentlarni ishonchli soliq to'lovchi korxonaligi o'rganilganidan so'ng tovar xom ashyo birjasi savdo platformalariga qo'yilishi bo'yicha o'z taklifini kiritdi.

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati o'zining “ishonchli soliq to'lovchi” imijini saqlab qolish yo'lidagi sa'y-harakatlarini davom ettiradi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish