Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:21:21 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Tarqatilayotgan o‘tgan yilgi videoga sharx


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yilgi video tarqatila boshlandi, unda Toshkent – Ufa – Toshkent xalqaro yo‘nalishdagi poyezd vagoni kuzatuvchisining noroziliklari aks etgan.

Dastlab, koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan COVID-19 va ushbu kasallik pandemiyasi e'lon qilinganligi sababli, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi, infeksiya tarqalishni oldini olish maqsadida, 2020 yil 16 martdan boshlab yo‘lovchi poyezdlarining harakati barcha yo‘nalishlarda to‘xtatildi. Bugungi kunda yo‘lovchilarni tashish faqat mamalakatimiz ichida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi qayta tiklangani yo‘q. Buning uchun xalqaro yo‘nalishlarda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning ma'lum davlatlararo kelishuvlari bo‘lishi zarur. Pandemiya paytida belgilangan tartibda faqat maxsus yo‘lovchi poyezdlar qatnovlari amalga oshirilgan bo‘lib, ularda Rossiya Federatsiyasida qolib ketgan vatandoshlarimiz Ona yurtiga qaytarilgan.

O‘tgan yilning 5 mart kuni, Toshkent – Ufa – Toshkent yo‘nalishida ishlagan Yoqub Sattorov ismli vagon kuzatuvchisi reysga chiqarilayotgan vagonning holatini tasvirlovchi va turli noroziliklar bildirilgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ rahbariyati tomonidan ushbu holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan, vagon kuzatuvchisi bilan suhbat o‘tkazilgan va hulosa natijasiga ko‘ra barcha kamchiliklar bartaraf e’tilgan. 

Shuni ta'kidlash kerakki, barcha yo‘lovchi poyezdlari reysdan keyin ham, undan oldin ham maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Vagonning texnik va estetik holati hamda vagon inventarizatsiyasi tekshiriladi, kamchiliklar aniqlanadi. Belgilangan tartibga ko‘ra yo‘lovchi poyezdlarining vagon kuzatuvchilari reysga chiqishdan oldin, ya’ni jo‘nab ketishdan oldin, biriktirilgan vagonni qabul qilishadi va kamchiliklar aniqlanmaganligi bo‘yicha vagon qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga imzo qo‘yiladi. Bundan tashqari, yo‘lovchi poyezdlarni jo‘nab ketishga tayyorlashda Markaziy sanitariya-epidemiologiya markazi tomonidan qat'iy nazorat amalga oshirilib, har bir vagon va uning jihozlari dezinfektsiya qilinadi. Belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng maxsus ruxsatnoma beriladi va poyezdlar qatnoviga ruhsat beriladi 

Xalqaro yo‘nalishlarda poyezdlar qatnamayotganligi sababli, videoning muallifi Yoqub Sattorov hozirda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi AJning Vagonlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash filialida ishlab kelmoqda. 

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish