Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

23:02:27 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Tungi tozalash ishlari yohud metro bekatlari yangi kunni qanday qarshi olmoqda

Hech kimga sir emaski, "Toshkent metropoliteni" UK, ya’ni uning bekatlari, bezaklari, o‘ziga xos dizayni va noyob milliy uslublari eng yaxshi maqtovga loyiq. Poytaxtga tez-tez tashrif buyuradigan chet ellik mehmonlardan bu "Dunyodagi eng chiroyli metrolardan biri!" mazmunidagi maqtovlarni eshitishingiz yoki o‘qishingiz mumkin.

Ushbu go‘zallikni asrash, shuningdek, bekatlardagi tozalik va tartibni saqlash uchun poytaxt metropoliteni ma'muriyati tinimsiz ish olib boradi. Metro bekatlarida tozalash ishlari qanday olib borilishini bilasizmi? Bu jarayon Toshkent aholisi va uning mehmonlarining ko‘pchiligi allaqachon uxlagani yotgan vaqtidan boshlanadi. Agar kun davomida metro yo‘lovchilar tashish rejimida ishlasa, yarim tundan ertalabgacha metroda harakatlanish to‘xtatiladi. Quyida biz metro bekatlarida tozalash ishlari qanday olib borilishini tasvirlab beramiz. 

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har bir bekatning o‘zini tozalash qoidalari mavjud. Har bir metro bekatida tozalash ishlarini 2 tadan 6 tagacha ishchilar amalga oshiradilar. Ular bekatga kirish qismidan boshlab, yo‘lovchilar poyezddan tushadigan platformaga qadar maydonni tozalash uchun javobgar hisoblanishadi.

Dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish orqali bekatlar ko‘plab mikroblar, viruslar changlardan tozzalanadi. Tozzalash ishlari kuniga ikki marta, agar ob-havo yomon bo‘lsa, undan ham ko‘proq amalga oshiriladi. Barcha bekatlarning platformalari marmar va granit plitalar bilan qoplanganligini hisobga olsak, pollar ham maxsus kir yuvish uskunalari – tozalash mashinalari yordamida yuviladi. Toshkent metrosining barcha bekatlari bunday uskunalar bilan jihozlangan, ammo ularning soni har xil bo‘lib, ular bekatning maydoniga bog‘liq bo‘ladi.

Barcha me'yorlar va talablarga, shu jumladan karantin talablariga qattiy rioya qilgan holda bekatlardagi pollar, ustunlar, o‘rindiqlar, eskalatordagi tutqich yuzalari, kirish eshigi tutqichlari, chiqish joylari, turniketlar va yo‘lovchilar va metro xodimlari foydalanadigan barcha joylar maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozzalaniladi. Ushbu ishlarning barchasi qabulxonalar ochilishi bilan ya'ni soat 05:00gacha yakunlanadi va kun davomida qisman davom ettiriladi.

Hozirda 41 metro bekatlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Poytaxt metrosi yer usti va osti yangi liniyalari va bekatlari foydalanishga topshirilgandan so‘ng kunlik yo‘lovchilar tashish hajmini 160 mingdan 350 mingga oshirdi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish