Barcha sa'yi harakatlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan

Joriy yilning 10-iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.N.Xasilov boshchiligida ishchi komissiyaning “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda yo‘lovchi vagonlaridagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish chora tadbirlari ishlab chiqilgan edi. Unda belgilangan ikkinchi va uchinchi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 11 iyun kuni "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ bosh direktori va uning o‘rinbosarlari barcha yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlarida tekshiruv safarlarini boshladilar.

Bosh direktor boshchiligidagi ishchi guruh “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishidagi 60/61-sonli yo‘lovchi poyezdida nazorat ishlarini olib bordi. Toshkentdan Andijongacha barcha vagonlardagi konditsionerlarning ishlashi, vagon kuzatuvchilarining faoliyatlari nazorat qilib borildi. Bundan tashqari shu kunning o‘zidan boshlab yo‘l davomida yo‘lovchilarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida har bir yo‘lovchi poyezdlar tarkibiga tibbiyot xodimlari biriktirildi. 60/61-sonli yo‘lovchi poyezdiga biriktirilgan tibbiyot xodimi yo‘l davomida yo‘lovchilar bilan muloqot qilib, ularning salomatligini nazorat qilib bordi.

Bugun "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ bosh direktorining o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruh barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarida nazorat safarlarini davom ettirmoqda.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI