Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshmoqda

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyatini temiryo‘lchilarga tushuntirib berish, keng targ‘ib qilish va ularning ijrosini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar kengashi a’zosi Gulnora Ishanxanova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi katta inspektori, katta leytenant Muyassar Saparova hamda “O‘zbekiston” lokomotiv deposi rahbariyati, ishchilar  va huquq-tartibot xodimlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonunlarning qabul qilinishi bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish borasida tarixiy voqea bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini xalqaro miqyosda ham tan olinishiga sabab bo‘lgani e’tirof etildi.

– Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy jabhalarda, ayniqsa, fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yo‘nalishlarda juda katta islohotlarni boshidan kechirmoqda, – dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy apparat xotin-qizlar maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Ra’no Raxmanova. – Ayniqsa, respublikamizda ayollar huquqlarini himoya qilish, ularni turli zo‘ravonliklardan asrash maqsadida genderlik masalalariga yuqori darajada e’tibor qaratilayotgani e’tirofga loyiq. Prezidentimizning tashabbusi bilan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Ayni paytda mazkur hujjatlar nafaqat xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda, balki yurtimizda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lyapti.  Bu qonunlarni mamlakatimiz fuqarolari orasida targ‘ib qilib, mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirib berishimiz zarur. Buning uchun esa, avvalo, o‘zimiz yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar orqali avvalo soha xodimlariga, mutaxassislarga, so‘ng esa ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Davra suhbatida temiryo‘lchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Axborot-tahliliy mediia markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI