Toshkent xalqaro kinofestivalini muvaffaqiyatli o’tkazishga temiryo’lchilar ham o’z hissasini qo’shmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Ipak yo‘li durdonasi” nomili Toshkent xalqaro kinofestivali O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan shu yildan boshlab har yili 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan edi. 
  
Unga koʼra joriy yilning 28 sentyabr kuni poytaxtimizda yangi tashkil etilgan Kinochilar uyida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 3 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan, xalqaro kinofestivallarda sovrinlarni qo‘lga kiritgan yosh rejissyorlar, taniqli aktyorlar ishtirok etmoqda. Аmerika Qo‘shma Shtatlarining “Golliywood” hamda Hindistonning “Bolliywood” kino idustriyasining mashhur yulduzlaridan Stiven Sigal, Mitxun Chakraborti, shuningdek, Yevropa davlatlari, Rossiya hamda Turkiya kino ijodkorlarining mashhur yulduzlari yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati Rossiya kino ijodkorlarini kutib olib, ularga xizmat ko‘rsatishmoqda. Shu bois, 27-28 sentyabr kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan kino festivalda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan rossiyalik kino ijodkorlar delegatsiyasi kutib olindi. Mehmonlar maxsus transport vositalarida shahrimizning nufuzli mehmonxonasiga joylashtirildi.   

“Ipak yo‘li durdonasi” nomini olgan Toshkent xalqaro kinofestivali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan hududlar bo‘ylab Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Buxoro shaharlari hamda mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin xorijlik mehmonlar hamda festivalga aloqadar mutaxassislarning Fargʼona, Namangan, Аndijon, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro hamda Xorazm viloyatlariga borib kelishlari temir yo‘l transporti orqali amalga oshiriladi. Vokzal va poyezdlarimizda ularga barcha sharoitlar yaratib beriladi. 
  
– “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatiga Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan 50 nafarga yaqin kino ijodkorlarga xizmat ko‘rsatish belgilangan, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatining Xalqaro hamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sardorbek Аhmedov. – Shu bois ularga zarur barcha sharoitlarni yaratib berayapmiz. Xususan, transport vositalari bilan taʼminlash, mehmonxonaga joylashtirish, kino taqdimotlarini o‘tkazishlari uchun kinosaroylarni tashkil etib berilmoqda. Mehmonlarni Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ularni tarixiy shaharlarimizga tashrifini “Afrosiyob” poyezdida amalga oshiramiz. Qadimiy shaharlarimizda o‘tkaziladigan taqdimot marosimlariga ham kinosaroylarni tashkil etib berish, mehmonxona va transport vositalari bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan.  

 – Ushbu festival ijodkorlarning o‘zaro fikr almashishi uchun imkon yaratishi bilan birga ko‘plab isteʼdodlarni ham kashf etishni ko‘zlayotgani diqqatga sazovor, – deydi rossiyalik kinoijodkor Yevgeniya Markova. – Mazkur Toshkent xalqaro kinofestivalida yoshlar uchun ham keng imkoniyatlar eshigi ochib berilayotgani, turli ijodiy tanlovlar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgani diqqatga sazovordir.  


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI