Temiryo‘lchilar mini-futbol musobaqasida ishtirok etishdi

Toshkent temir yo‘l masofasida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tarmoq korxona, sex va bo‘linmalari o‘rtasida “Korxona kubogi” uchun mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Korxona rahbariyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi va korxona yoshlar ittifoqi bilan  hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlarini rivojlantirish, ishchi-xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish va ularning  mehnat qilish faolligini uzaytirishdan iborat bo‘ldi. 

Sport musobqasida korxonaning Toshkent – Angren, Toshkent – Mehnat yo‘nalishida va korxona yordamchi xo‘jaligida xizmat qiluvchi xodimlar ishtirok etdilar.

Mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi “Lokomotiv” markaziy jismoniy sport klubi futbol maydonida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada korxona,  sex va bo‘linmalardan 8 jamoa qatnashdi. Qizg‘in kurashlar bilan o‘tgan musobaqada birinchi o‘rinni “Yangi yo‘l” stansiyasida joylashgan 6-bo‘linma jamoasi egalladi,  2-o‘rinni  “PDK-3” bo‘linma jamoasi egallgan bo‘lsa, kuchli uchlikka “To‘qimachi” stansiyasida joylashgan 2-bo‘linma sportchilari kirishdi.

Musobaqa yakuni bo‘yicha Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan  g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va birinchi o‘rinni egallagan “Yangi yo‘l” stansiyasida joylashgan 6-bo‘linma jamoasiga “Korxona kubogi” tantanali ravishda topshirildi. Shuni ta’kidlash lozimki, “Yangi yo‘l” stansiyasida joylashgan 6-bo‘linma jamoasi ketma-ket 3-marotaba  kubok sohibi bo‘ldi.     

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI