“Transport va logistika: Respublika transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar”

Ushbu mavzuda, joriy yil 26-27 noyabr kunlari, Toshkent davlat transport universitetida Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda 4ta yo‘nalishi bo‘yicha jami 200ta maqola kelib tushdi. Shulardan 8tasi xorijiy olimlar tomonidan topshirilgan. Talabalar ishtirokida qabul qilingan 200ta maqolalardan 42tasi jami ishtirokchilarning 21% ni tashkil etdi.

Taʼkidlash joiz, mazkur anjumanni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – zamonaviy transport logistikasi tizimi faoliyatini tashkil etish va raqamlashtirishga oid dolzarb ilmiy va amaliy muammolarini muhokama etish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida transport-logistika jarayonlarini takomillashtirish hisobiga resurslar oqimini optimallashtirish bilan bog‘liq kompleks ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqish, tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan olingan ilmiy natijalar  asosida vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanning yalpi majlisida Universitetda tayyorlanayotgan kadrlarning asosiy isteʼmolchilari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda xalqaro ekspeditorlik kompaniyalarining mutasaddi vakillari, shuningdek sohaning taniqli olimlari bilan bir qatorda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. Kamalov Akmal Saidakbarovich maʼruza bilan o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Yalpi majlisdan so‘ng, anjuman zamonaviy transport-logistika bozori ishtirokchilari faoliyatini tashkil etishning institutsional, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va taʼlim masalalari; transport-logistika tizimi faoliyatini tashkil etish va boshqarishda raqamli texnologiyalar; yo‘l tarmoqlarida logistika xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari hamda transport logistikasida texnologiyalar, ekologiya va harakat xavfsizligini taʼminlash mavzulariga taaluqli 4 ta sho‘ba qo‘rinishda o‘z ishini davom ettirdi. Sho‘balrda maʼruzalar va ularning muhokamasi ZOOM platformasida “onlayn” rejimida o‘tkazildi.

Mazkur ilmiy uchrashuvda transport sohasida  davlat va xo‘jalik organlari boshqaruvi vakillari, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar, mustaqil-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

- Ushbu anjumanda “Yagona darcha” konsepsiyasining o‘ziga xos muhim jihatlari  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida” sarlavhadagi maqolam bilan ishtirok etdim, - deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish Bosh boshqarmasining bosh mutaxassisi Salay Matkarimov. - Bugungi kunda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tadbirkorlarga yuk tijorat ishlarini masofadan turib elektron tarzda interfaol taqdim etayotgani ushbu soha vakillariga ko‘rsatilayotgan alohida eʼtiborlardan bir debocha desak ayni haqiqat. Jumladan, qo‘shni afg‘oniston  davlatidan Transafg‘on koridorini qo‘rish natijasida yillik tranzit oqimini 16 mln.tonnaga yetkazish imkoniyati yaratiladi. Ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjuman yuqorida keltirilgan masalalarni o‘rganish uchun judayam qulay va foydali platforma bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, pandemiya sharoitida anjuman offlayn va onlayn tarzda tashkil etilganligi ham bizlarga judayam qulayliklar yaratildi.

Anjuman yakunlari bo‘yicha maʼruzalar tahlil etilib, mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy natijadorligi umumiqtisodiy, alohida tarmoqlar va subyektlar kesimida umumlashtirilib, rezolyutsiya taqdim etiladi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI