Raddiya: “Jonkuyar” yurtdoshimizning asossiz xabariga javob

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardan birida Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasidagi 1999 yilda qurilgan yo‘l o‘tkazgichni ta’mirlash jarayoni aks ettirilgan videotasvir tarqalmoqda. Unda video muallifining ta’kidlashicha, kapital ta’mir jarayonida “eski” va “bo‘laklardan ulangan” armaturalar ishlatilmoqda.

Mazkur havotirli xabar, avvalambor asossiz ekanligini ta’kidlaymiz va ushbu armaturalar aslida ta’mir vaqtida geodezistlar tomonidan ishlatiladigan yordamchi ish quroli sifatida qo‘llanilib, yo‘l o‘tkazgichning tarkibiy qismiga kirmaydi. Ya’ni, videotasvirda o‘rin olgan ob’yekt qismida, piyodalar yo‘lagi chetiga o‘rnatiladigan dekorativ plitalarni montaj paytida o‘z nuqtasidan siljib ketishini oldini olish maqsadida o‘rnatiladi va oraliqlari betonlangandan so‘ng kesib olib tashlanadi. Yuqororida taqdim etilgan rasmlarda ta’mirlash jarayoni, qayd etilgan armaturalar va qisman tugatilgan ish aks etgan. 

Ta’kidlash joizki, piyodalar yo‘lagi ikkita yig‘ma temir-beton bloklardan, ya’ni g‘ildirak qaytaruvchi brus va dekorativ plitalardan iborat bo‘lib, ushbu elementlarning armatura chiqarmalari (vыpusklari) yordamida ko‘prikning mavjud oraliq qurilmalariga, hamda o‘zaro bir-biriga elektr payvandlash vositasida biriktiriladi. Shundan so‘ng, biriktirish choklariga monolit beton yotqizilib, yanada mustahkamlanadi. Monolit beton o‘z ichida qolgan armaturaning chirishdan muhofazalaydi. 

Shu o‘rinda shuni ham eslatib o‘tishimiz lozim,ushbu qurilish-montaj ishlari o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari va chizmalariga asoslanib bajariladi va unda qo‘llanilgan qurilish materiallarining sifati qat’iy ravishda tegishli nazorat idoralari tomonidan muntazam nazorat qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar, blogerlar, befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol fuqarolar hamda, asosiysi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa (kanal) egalari! Sizdan ishonchliligini shaxsan o‘zingiz tekshirib ko‘rmagan, mutasaddi mutahasislar fikrini o‘rganmasdan turli hil ma’lumotlarni jamoatchilikka tarqatmasligingizni so‘raymiz! Eslatib o‘tamiz, noto‘g‘ri, yolg‘on va asossiz ma’lumotlarni tarqatish bilan aholini tahlikaga solganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud! 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI