Birinchi yordam koʻnikmalari boʻyicha amaliy mashgʻulot

BIRINCHI YORDAM KOʻNIKMALARI BOʻYICHA AMALIY MASHGʻULOT

Birinchi yordam koʻrsatish har bir inson bilishi shart boʻlgan koʻnikmalardan biri hisoblanadi. Axir yoqimsiz holatlar kutilmaganda roʻy berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning koʻnikmalaringizga bogʻliq boʻlsa.
Qizil Yarim oy jamiyati Temir yoʻl mintaqaviy tashkiloti bilan “Toshkent MTU” UK hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi hamkorlikda Toshkent uzel aloqa va signallashtirish masofasida tashkil etilgan tadbir aynan shu mavzuda boʻldi.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlarni favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish va baxtsiz hodisalar vaqtida insonlar hayotini saqlab qolish koʻnikmalarini shakllantirishdir, — deydi Favqulotda vaziyatlar boʻlimi koordinatori Marsel Sabitov. — Birinchi yordam koʻrsatish va vaziyatni baholash qobiliyati elementar, ammo juda muhim mahoratdir. Bu bilan har bir inson favqulodda vaziyatda birovning hayotini saqlab qolishi mumkin va bunday daqiqada chalkashmaslik va qoʻrqmaslik juda muhimdir. Har bir inson hech boʻlmaganda minimal miqdorda shoshilinch yordam koʻrsatishga qodir boʻlishi kerak, Hatto eng kichik bolalar ham oʻrganishi kerak boʻlgan birinchi va asosiy ma’lumot - bu har qanday qiyin vaziyatda yordam chaqirish uchun "103" ni terishdir. Biz bu kabi tadbirlarda eng oddiy usullarini koʻrsatamiz va qaysi hollarda jabrlanuvchiga tegmaslik hamda tez yordam chaqirish kerakligi, shifokorlar kelguniga qadar qanday yordam berishga harakat qilish lozimligini oʻrgatamiz.
Shuningdek, tadbirda koronavirus infeksiyasining klinik koʻrinishi boshqa patogenlar keltirib chiqaradigan oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga oʻxshashligi, uni farqlash hamda barcha qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talabi qat’iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan bu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara berishi toʻgʻrisida ham ma’lumot berib oʻtildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish bilan bir qatorda Qizil Yarim oy jamiyati Temir yoʻl mintaqaviy tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI