Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

23:54:03 (GMT +5), yakshanba, 26 mart 2017

Mumtoz adabiyot gulshani

      Shu kunlarda mamlakatimizda buyuk bobokalonlarimiz Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar o'tkazilmoqda. Ana shunday adabiy kechalardan biri “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va O'zbekiston temiryo'lchilari va transporti quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tasarrufidagi Markaziy kutubxonasi, Toshkent temir yo'l kasb-hunar kolleji hamda Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi 1-sonli Mirobod akademik litseyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
          Adabiy kecha “Mumtoz adabiyot gulshani” mavzusi ostida o'tkazilib, unga Muqimiy nomidagi O'zbekiston Davlat musiqali teatri aktyorlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xamid To'xtaev, aktyorlar Azizxon Latipov, Durdona Raxmonovalar taklif etildi.
        — Ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ona tilimiz, milliy adabiyotimiz ravnaqida bu ikki ulug' shoir Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur ijodining o'rni beqiyosdir, — deydi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xamid To'xtaev. —Bugungi kunda adiblarimizning badiiy va ilmiy merosini o'rganish, asarlarini nashr etish, mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. 

     E'tirof etish joizki, mutaffakirlarimiz A.Navoiy va Z.M.Bobur o'z asarlarida adabiyot, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix, siyosatshunoslik, axloqshunoslik, tilshunoslik kabi sohalarni qamrab olgan holda, borliq va uning mohiyatini idrok etish, komil inson tarbiyasi, vatanparvarlik, adolat, odob-axloq, tasavvuf, ilohiy ishq va lirik muhabbat mezonlarini yuksak cho'qqiga ko'tardi. Bu bilan butun insoniyat tamadduniga beqiyos va o'chmas hissa qo'shdi.
     — Bo'lib o'tgan tadbir biz yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi, —deydi Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi 1-sonli Mirobod akademik litseyi o'quvchisi Sunnat Ro'zimatov. — Ularning benazir ijodi, purma'no hayoti, durdona asarlari hali ming asrlar millatimiz adabiyotini jahon yuksakligiga ko'tarib kelishi shubhasiz. Adabiy kechada Muqimiy nomidagi O'zbekiston Davlat musiqali teatri aktyorlari va talabalar ishtirokida Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Boburning g'azal va ruboiylari o'qildi, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbir so'nggida O'zbekiston temiryo'lchilari va transporti quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tasarrufidagi Markaziy kutubxona xodimlari tomonidan yosh temiryo'lchilarning bilimlarini sinash maqsadida mavzu doirasida viktorina o'tkazildi. Unda barcha savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchilarga Markaziy kutubxona tomonidan yangi nashrdan chiqqan badiiy asarlar sovg'a qilindi.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish