Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

11:43:43 (GMT +5), payshanba, 30 mart 2017

O'zbekiston – Eron: istiqbolli hamkorlik

 

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Ibrohim Rahimpur boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o'rinbosari A.Shukurov mamlakatimizda temir yo'l sohasining rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, sohada yuk tashish borasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli haqida so'z yuritdi.Eronlik hamkorlar O'zbekiston temir yo'llari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yuqori baholab, bundan keyin ham O'zbekiston – Eron temir yo'l sohasi istiqbolini rivojlantirishda hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini ta'kidlashdi. 
Shuningdek, muzokarada tomonlar O'zbekiston–Turkmaniston–Eron–O'mon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish borasida ham fikr almashishdi. 

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish